EAvtoTalim: Bitta Mobil Ilovadan Yagona Veb-Ekotizimga

Intalim mobil ilovasi muvaffaqiyatli ishga tushgandan so'ng, biz avtomaktab direktorlari va instruktorlaridan bir xil so'rovni tez-tez eshita boshladik: "Kompyuterdan ham to'liq boshqarsak bo'ladimi?" Mobil ilova o'quvchilar uchun qulay edi, ammo hujjat aylanmasi, dars jadvalini tuzish va ko'p sonli o'quvchi ma'lumotini kiritish kabi ma'muriy ishlar katta ekranni va klaviaturani talab qilardi.
Shunday qilib EAvtoTalim tug'ildi — avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta'lim muassasalari uchun yagona axborot tizimi, Intalim ekotizimining veb-versiyasi sifatida.
Eng katta texnik talab — ma'lumotlarning mobil ilova bilan real vaqtda sinxron bo'lishi edi. Agar instruktor veb-panelda dars jadvalini o'zgartirsa, bu o'zgarish o'quvchining mobil ilovasida bir zumda ko'rinishi kerak edi. Buning uchun umumiy backend infratuzilmasi va REST API orqali ikkala platformani bitta ma'lumotlar manbaiga ulandik — alohida-alohida ma'lumotlar bazasi emas, yagona haqiqat manbai.
Ikkinchi muhim qaror — foydalanuvchi tajribasini soddalashtirish edi. Direktor, buxgalter va instruktor uchun alohida rol asosidagi panellar yaratdik: direktor barcha filiallar bo'yicha statistikani ko'radi, buxgalter to'lov va jarimalarni hisoblaydi, instruktor esa faqat o'z guruhi bilan ishlaydi. Bu murakkab tizimni har bir foydalanuvchi uchun sodda va tushunarli qildi.
Bugungi kunda EAvtoTalim orqali direktorlar istalgan qurilmadan — kompyuter, planshet yoki telefondan — muassasasini to'liq boshqaradi. Bu loyiha bizga shuni o'rgatdi: mobil-first mahsulot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun, ba'zida uning veb-egizagi ham xuddi shunday puxta o'ylangan bo'lishi kerak.

